Telegram username, raqam va gift — kunlik ijarada
Fragment'dagi @username yoki +888 raqamni akkauntingizga ulab ishlating. NFT himoyalangan hamyonda turadi: siz foydalanasiz, sotib yuborib bo'lmaydi, muddat tugagach o'zi qaytadi.
- Narx so'mda, kripto hamyon shart emas
- Garov yo'q
- Ulanmasa — pul yechilmaydi
NFT sizda ishlaydi, lekin sizniki bo'lib qolmaydi
TON'da NFT qaysi hamyonga tushsa, o'shaniki bo'ladi. Shuning uchun Rentora NFT'ni sizga bermaydi — u alohida hamyonda turadi, siz esa Fragment orqali ishlatasiz.
- Siz tanlaysizKatalogdan username, raqam yoki gift va muddat. To'lov Rentora balansidan, so'mda.
- NFT alohida hamyonga o'tadiHar ijara uchun yangi hamyon. Uning kaliti faqat Rentora serverida, shifrlangan.
- Fragment'da ulanasiz"Connect TON" havolasini yuborasiz — username akkauntingizga biriktiriladi.
- Muddat tugaydiUlanish uziladi, NFT egasiga qaytadi. Davom ettirmoqchi bo'lsangiz — uzaytirasiz.
Ijara davomida Fragment NFT'ni sotish yoki boshqa hamyonga o'tkazishni so'rasa, Rentora imzo bermaydi:
| 14:02 | Fragment'ga ulandi | ruxsat |
| 15:40 | NFT'ni boshqa hamyonga o'tkazish | rad etildi |
| 15:41 | NFT'ni auksionga qo'yish | rad etildi |
| 17:02 | Muddat tugadi, NFT qaytdi | avtomatik |
O'z botingiz yoki saytingizga ulang
API orqali NFT'lar katalogdagidan arzonroq — ulgurji narxda. Kalitni kabinetdan olasiz, holat o'zgarsa imzolangan webhook keladi. Balans bitta: bot, kabinet va API.
GET/v1/nftkatalog va narxlarGET/v1/balancebalansPOST/v1/rentalsijaraga olishPOST/v1/rentals/{id}/connectFragment havolasiPOST/v1/rentals/{id}/extenduzaytirishGET/v1/rentals/{id}ijara holati
# 3 kunga ijaraga olish
curl -X POST https://user210.hostx.uz/v1/rentals \
-H "Authorization: Bearer $RENTORA_KEY" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{"nft_id": 1, "days": 3, "link": "tc://..."}'
# Holat: transferring → active → completed
curl https://user210.hostx.uz/v1/rentals/128 \
-H "Authorization: Bearer $RENTORA_KEY"
const api = (path, body) => fetch("https://user210.hostx.uz/v1/" + path, {
method: body ? "POST" : "GET",
headers: {
Authorization: `Bearer ${process.env.RENTORA_KEY}`,
"Content-Type": "application/json",
},
body: body && JSON.stringify(body),
}).then(r => r.json());
// Foydalanuvchi yuborgan Fragment havolasi bilan
const rental = await api("rentals", { nft_id: 1, days: 3, link });
const { status, ends_at } = await api(`rentals/${rental.id}`);
function rentora(string $path, ?array $body = null): array {
$ch = curl_init("https://user210.hostx.uz/v1/$path");
curl_setopt_array($ch, [
CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
CURLOPT_HTTPHEADER => [
"Authorization: Bearer " . getenv("RENTORA_KEY"),
"Content-Type: application/json",
],
] + ($body ? [CURLOPT_POSTFIELDS => json_encode($body)] : []));
return json_decode(curl_exec($ch), true);
}
$rental = rentora("rentals", ["nft_id" => 1, "days" => 3, "link" => $link]);
Narx bitta qatorda
kunlik narx × kun + 3 000 so'm
Masalan, kuniga 6 000 so'mlik username 7 kunga: 6 000 × 7 + 3 000 = 45 000 so'm.
Ijara boshida, NFT qanday bo'lishidan qat'i nazar. Uzaytirishda olinmaydi.
Fragment'ga ulanish bo'lmasa, to'lov to'liq balansingizga qaytadi.
Botda, kabinetda yoki API orqali — hammasi bir hisobdan.
Balansni onlayn to'ldirish:
inPAY
Click
Paynet
Savollar
Ijarachi NFT'ni baribir sotib yubora oladimi?
Yo'q. Sotish yoki o'tkazish uchun hamyon kaliti bilan imzo kerak, kalit esa faqat Rentora serverida. Fragment bunday amalni so'rasa, Rentora uni rad etadi.
Muddat tugaganda nima bo'ladi?
Ulanish uziladi va NFT egasiga qaytadi — avtomatik, har daqiqada tekshiriladi. Tugashdan oldin bot eslatadi va uzaytirishni taklif qiladi.
Kripto hamyon kerakmi?
Yo'q. fragment.com'ga Telegram orqali kirasiz va "Connect TON" havolasini botga yuborasiz. Hamyonni Rentora beradi.
Balansni qanday to'ldiraman?
Kabinetning Balans bo'limida yoki Telegram botda /tolov buyrug'i bilan.
O'z NFT'imni ijaraga bera olamanmi?
Ha. NFT egalari bo'limida hamyon yarating, NFT'ni yuboring va katalogga qo'shishni so'rang. Har ijaradan daromad olasiz, NFT doim o'zingizga qaytadi.
Dasturchi sifatida qanday narxda olaman?
API orqali — asl (ulgurji) narxda. Katalog va botdagi narxga ustama qo'shilgan; farq sizning daromadingiz bo'lishi mumkin.